«davaktiv agentligi» tegli maqolalar
21 oktabr 2026, 21:23 Iqtisodiyot
Xalq Sug‘urta Xalq banki’dan Davaktivga o‘tkazildi
Agentlik har birining nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan 80 mln dona aksiyani oldi. Aksiyalar paketining umumiy nominal qiymati 80 mlrd so‘mni tashkil etadi.
9 oktabr 2026, 17:32 Iqtisodiyot
Davaktiv Uzbekistan GTL’ni xususiylashtirish va IPOga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Zavodda moliyaviy audit o‘tkazilib, uning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar bartaraf etilmoqda. Yirik xalqaro tashkilotlar esa IPO’da ishtirok etishga qiziqish bildirgan.
9 oktabr 2026, 17:13 Biznes
Farg‘ona NQIZni qayta xususiylashtirish hozircha rejalashtirilmagan — Davaktiv rahbari
Agentlik zavod uchun qisqa muddatli strategiya ishlab chiqdi va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
8 oktabr 2026, 21:32 Biznes
Davaktiv Paynet xususiylashtirilishi nega ochiq e’lon qilinmaganiga izoh berdi
Agentlik direktoriga ko‘ra, kompaniya boshqa ishtirokchilarning ulushni sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqidan foydalangan holda xususiylashtirilgan.
8 oktabr 2026, 20:06 Iqtisodiyot
UzPost Wildberries‘dan 360 mlrd so‘mlik foizsiz qarz olishni rejalashtirmoqda
Davaktiv agentligi dastlabki kelishuvlarga erishilganini ma‘lum qildi. Qarz mablag‘lari zarurat tug‘ilganda bosqichma-bosqich ishlatiladi.
8 oktabr 2026, 18:45 Iqtisodiyot
UzPost jarima xatlarini yetkazish to‘xtatilgani sabab, 60 mlrd so‘mgacha daromadini yo‘qotdi
1-martdan pochta operatori ushbu xizmat raqamlashtirilgani sababli yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘g‘risidagi qog‘oz xatlarni yetkazishni to‘xtatdi.
7 oktabr 2026, 19:30 Iqtisodiyot
“Hech qanday yashirin xususiylashtirish bo‘lmagan”: Davaktiv UNG Petro va Chinoz NQIZ sotilishi haqida
Agentlik rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu davlat aktivlari xalqaro konsultantlar jalb etilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali xususiylashtirilgan.
7 oktabr 2026, 18:13 Biznes
Investorning boshqa loyihalardagi moliyaviy muammolari sabab Farg‘ona NQIZ davlatga qaytarildi — Davaktiv
Zavodni $100 mln ga sotib olgan Saneg to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch keldi. Natijada u bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.
7 oktabr 2026, 17:39 Iqtisodiyot
UzAuto Motors‘ni xususiylashtirish doirasida GM litsenziyasini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
DABA direktori kompaniyani xususiylashtirish bitta investor manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
3 oktabr 2026, 18:02 Biznes
UzPost Wildberries’dan qarz olishni shartlar aniqlashgach qayta ko‘rib chiqishi mumkin — Davaktiv
Agentlikning ma’lum qilishicha, moliyaviy ahvoli murakkab bo‘lgan pochta operatoriga modernizatsiya uchun 300 mlrd so‘m kerak.
2 oktabr 2026, 19:07 Iqtisodiyot
UzPost aksiyadorlari Wildberries‘dan 100 mlrd so‘mlik qarz olinishini ma‘qullamadi
UzPost‘ning yangi kuzatuv kengashiga Wildberries bilan bog‘liq besh kishi, jumladan, RVB korxonasi va VB Bank vakillari kirdi.
29 sentabr 2026, 11:47 Iqtisodiyot
Toshkentda vazirlik va idoralarning yettita ma‘muriy binosi $73,5 mlnga sotildi
Boshlang‘ich narxi 1,1 trln so‘m bo‘lgan yana 11 ta obyekt savdoga chiqarildi — 20 ta obyekt bo‘yicha sotuvdan oldingi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
22 sentabr 2026, 16:48 Iqtisodiyot
Toshkent aeroportidagi samolyotlarga yoqilg‘i quyish majmuasi savdoga qo‘yildi
Mahalliy va xorijiy talabgorlardan lotga qiziqish to‘g‘risidagi arizalar 23-oktyabrgacha qabul qilinadi.
21 sentabr 2026, 15:06 Biznes
GM UzAuto Motors’ni xususiylashtirishda ustuvor huquqqa ega bo‘lmaydi — Davaktiv
Agentlik davlat aktivini har qanday investor ishtirok etishi mumkin bo‘lgan xalqaro savdolar orqali sotishni rejalashtirmoqda.
21 sentabr 2026, 11:54 Biznes
Humo Air aviakompaniyasi davlatga qaytarilgach, yana sotuvga chiqariladi
Bu yil Shveysariyaning ValleyRoad Capital kompaniyasi bilan shartnoma uning majburiyatlarini bajarmagani sababli bekor qilindi.
18 sentabr 2026, 10:27 Biznes
Davaktiv yil oxirigacha Mobiuz’ning 100% xususiylashtirilishini yakunlashni rejalashtirmoqda
Xaridorga mobil operator boshqaruvi shartnoma imzolanib, dastlabki to‘lovlar amalga oshirilganidan keyingina topshiriladi.
17 sentabr 2026, 18:31 Iqtisodiyot
“Asakabank birinchilardan bo‘lishi mumkin”: Davaktiv agentligi rahbari o‘rinbosari davlat banklarini xususiylashtirish haqida
Alisher Miraliyev davlat banklarini sotuvga tayyorlashda sotuvdan oldingi tayyorgarlik va maslahatchilarning xulosalari muhimligini ta‘kidladi.
17 sentabr 2026, 11:34 Biznes
Davaktiv UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain xususiylashtirilishi bo‘yicha tender e’lon qiladi
Aprelda agentlik direktori UzAuto Motors’ning 99,7% davlat ulushini xususiylashtirishga tayyorlash haqida prezidentga axborot berdi.
8 sentabr 2026, 19:20 Biznes
Turonbank, Humo Air va O‘zekspomarkaz: 62 ta kompaniyaning davlat ulushi sotiladi
Turonbankni xususiylashtirish xalqaro maslahatchilar xulosalari va bankning xususiylashtirishga tayyorlik darajasi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
8 sentabr 2026, 18:04 Iqtisodiyot
O‘zbekiston yil oxirigacha xususiylashtirishdan 14 trln so‘m daromad olishni rejalashtirmoqda
Kompaniyalardagi 84 ta ulush va 1242 ta ko‘chmas mulk obyekti sotuvga chiqariladi, shuningdek, bo‘lib to‘lash shartlari yengillashtiriladi.